Navoiyda “oltin qazuvchilar” fosh etildi
3-sahifa
−
02 may 2273 2 daqiqa
Navoiy viloyatining Tomdi, Konimex va Xatirchi tumanlarida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqarolar tomonidan oltinni noqonuniy qazib olish va qumdan ajratib olish holatlari aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Axborotda aytilishicha, Tomdi tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.I. va boshqalar “Bessopan” sanoat maydoni hududidan tarkibida umumiy bahosi 569,8 mln so‘mlik 315,1 gramm oltin moddasi bo‘lgan 5 200 kg ma’danli toshlarni noqonuniy ravishda qazib olgan vaqtida ushlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, Konimex tumanida ham fuqarolar T.T. va T.G‘. o‘zaro til biriktirib, “Karakata” OFY hududida tarkibida oltin moddasi bo‘lgan qum va toshlarni oltin izlovchilar usulida maxsus uskunalar orqali qazib olish faoliyati bilan shug‘ullanib kelyotganliklari aniqlangan.
Bu kabi holatlar Xatirchi tumanida ham sodir bo‘lgan. Xususan, fuqaro U.R. “Zarafshon” MFY hududidagi xonadonida qum va toshdan oltin ajratib olish bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlanib, undan tarkibida oltin zarralari bo‘lgan 160 kg qum-toshlari ashyoviy dalil sifatida olingan. Yana bir fuqaro S.X. ham “Zarafshon” MFY hududidagi xonadonida qum va toshdan oltin ajratib olish bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlanib, undan tarkibida oltin zarralari bo‘lgan 300 kg qum-toshlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Sodir etilgan mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 196-2-moddasi (foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilyotgani aytiladi manbada.
Eslatib o‘tamiz, avval ham Navoiyda davlat muhofazasiga olingan yer maydonida noqonuniy oltin qazish bilan shug‘ullangan shaxs aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Oybek Rustamov
Live
Barchasi