Navoiyda odamlarga eshak go‘shti sotilgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
24 iyul 2019
1380518 iyul kuni Navoiy viloyatida eshak go‘shti sotgan uddaburon tadbirkor qo‘lga tushdi.
Tadbirkor va uning sheriklarini hibsga olisha Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan reyd doirasida amalga oshirildi.
Odamlarga Islom dinida iste’molga xarom qilingan eshak go‘shtini sotgan tadbirkorning omboridan foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan qariyb ikki tonna go‘sht mahsulotlari topilgan.
Sud jarayoni davomida ma’lum bo‘ldiki, tadbirkor kasallikdan o‘lgan qora mol va shuningdek, eshak go‘shtini sotish bilan shug‘ullanib kelgan.
Ayni paytda tadbirkor va uning sheriklariga nisbatan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
LiveBarchasi