Navoiyda obodonlashtirish boshqarmasi 71,6 mln so‘mga bayroq sotib oldi
Jamiyat
−
18 aprel 2023
8697Navoiy viloyati Qiziltepa Tuman obodonlashtirish boshqarmasi 71,6 million so‘mga O‘zbekistonning 4 ta bayrog‘ini sotib oldi. Tender natijalari UzEx Tender'da e’lon qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, lotning boshlang‘ich qiymati 71,6 million so‘mni tashkil qilgan. Shu yilning 13 aprel kuni yakunlangan savdolarda 16 ga 8 metr hajmdagi bitta bayroqning narxi 16 million so‘mga baholangan.
Tender g‘olibi sifatida “Qiziltepa Elga Servis” kompaniyasi, zaxira ijrochisi “Cho‘lpon Savdo Servis” tan olingan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 24-26 mart kunlari o‘tkazilgan Toshkent xalqaro investitsiya forumida qilingan xarajatlar, jumladan, 70 ming so‘mlik somsa, 200 ming so‘mlik qulupnay keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.
LiveBarchasi