Navoiyda noma’lum hayvon qo‘ylarni bo‘g‘izlab ketgani aytilmoqda

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida 30 boshdan ziyod qo‘yni noma’lum hayvon bo‘g‘izlab ketdigani haqida xabarlar tarqaldi. Hodisa yuzasidan viloyat Ekologiya boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 9 iyulidan 10 iyuliga o‘tar kechasi Xatirchi tumani “Yangirabod” MFYda istiqomat qiluvchi  fuqarolarga tegishli bo‘lgan  qo‘y-echkilarga chiyabo‘ri hujum qilgan.

Boshqarma xabariga ko‘ra, mazkur hodisaning kelib chiqish sabablari tuman IIB, tuman veterinariya bo‘limi, tuman SEOM bo‘limi hamda tuman obodonlashtirish bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda. Ayni paytda tuman veterenariya bo‘limi xodimlari 15 bosh qo‘y-echkilarni davolash choralarini ko‘rmoqda.

Ta’kidlanishicha, hozirda chiyabo‘rini tutish uchun barcha ta’sir choralari ko‘rilgan bo‘lib, mazkur holat yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy

Baholaganlar

418

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing