Navoiyda noqonuniy tarzda baliq ovlaganlar aniqlandi 

Jamiyat

−

image

Navoiy viloyatidagi To‘dako‘l suv havzasida noqonuniy tarzda baliq ovlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.  

Qayd etilishicha, viloyatning Qiziltepa tumanidagi To‘dako‘l suv havzasida 6 nafar fuqaro qoidalarni buzgan holda jami 48 dona baliqni ovlagan. 

Holat yuzasidan huquqbuzarlarga Majburiy  javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari – jami 18 million so‘m jarima tayinlangan. Shuningdek, ovlangan baliqlar uchun hayvonot dunyosiga yetkazilgan 11 million 670 ming so‘m zarar miqdori ham hisoblangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing