Navoiyda mudhish avtohalokat oqibatida ikki kishi vafot etdi

Jamiyat

image

Navoiy shahrida yo‘l-transport hodisasi natijasida ikki navqiron yigit vafot etdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Bugun, 24 fevral kuni soat 03:50 atrofida fuqaro Sh. Q. boshqaruvida bo‘lgan “Shahobiddin Trans” MCHJga tegishli Matiz rusumli avtomashinada Navoiy shahar G‘alaba shohko‘chasi va L.Tolstoy ko‘chalari kesishgan chorrahasida YTH sodir bo‘lgan. Matiz haydovchisi svetoforning taqiqlovchi ishorasiga rioya etmasligi oqibatida fuqaro Sh. H boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 rusumli avtomashina bilan to‘qnashgan.

Sodir bo‘lgan avtohalokat oqibatida Matiz avtomashinasi yo‘lovchilari, ya’ni 2000 yilda tug‘ilgan, Navbahor tumani “Navkor” MFYda istiqomat qilgan O.I. hamda 1996 yilda tug‘ilgan F. S. vafot etgan.

Shuningdek, mazkur yo‘l harakati hodisasida 2000 yilda tug‘ilgan uchinchi yo‘lovchi bosh miya ochiq jarohati, ko‘krak qafas yopiq jarohati tashxisi bilan Navoiy shahridagi markaziy kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Dastlabki xulosalarga ko‘ra YTH Matiz avtomashinasi yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasligi oqibatida sodir bo‘lgan.

Viloyat IIB YHXB bergan ma’lumotlarga ko‘ra YTHda ishtirok etgan har ikki avtomobil haydovchilari yil davomida YTH sodir etmagan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Navoiy

Baholaganlar

131

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing