Navoiyda maktab o‘quvchilari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi
3-sahifa
−
22 may 2023
9828Internet ijtimoiy tarmoqlarida Navoiy viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar ommaviy janjallashgani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur voqea yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati izoh berdi.
Unda aytilishicha, bu holat Xatirchi tumani “Langar” MFYda joylashgan 58-sonli maktab o‘quvchilari orasida sodir bo‘lgan. Holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida voqea 2023 yilning 23 fevral kuni soat taxminan 11:00 lar atrofida yuz bergan. Unda 58-sonli maktabning 11- va 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik oqibatida janjal kelib chiqqanligi ma’lum bo‘lgan. Buning oqibatida 11-sinf o‘quvchisi J.L. va 9-sinf o‘quvchisi A.I. yengil tan jaroxati olgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, ushbu janjalda ishtirok etgan 13 nafar voyaga yetmagan maktab o‘quvchisining ota-onalariga nisbatan Ma’muriy jinoyatlar to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Shuningdek, hujjatlar tuman voyaga yetmaganlar komissiyasiga yuborilib, bir bazaviy hisoblash miqdorida jarima tayinlangan.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi