Navoiyda maktab qorovulxonasida qimor o‘ynagan direktor va uning o‘rinbosari lavozimidan “uchdi”
3-sahifa
−
16 noyabr 2022
8696Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatida maktab direktori va uning o‘rinbosari maktab qorovulxonasida qimor o‘ynagani aks etgan videolar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Navoiy xalq ta’limi boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Nurota tumanidagi 52-sonli maktabda o‘quv ishlari, tashkiliy-texnik va kadrlar masalasida o‘ziboshimchalikka yo‘l qo‘yilgani, ichki tartib-qoidalarga xilof tarzda xatti-harakatlar sodir etilgani aniqlangan. Videoda aks etgan maktab direktori R.Safarov va uning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari X.Jo‘raboyevlar lavozimidan bo‘shatilgan.
“Shu o‘rinda ulug‘vor imorat hisoblanadigan maktablarning rahbarlari har jabhada boshqalarga o‘rnak bo‘lishi, umumiy e’tirof etilgan tartib-qoidalarga rioya etishlarini so‘rab qolamiz. Zero, yoshlar sizlardan ibrat oladi”, deyiladi boshqarma xabarida.
Eslatib ўтамиз, Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi 61- umumta’lim maktabi direktori shu maktabning 6-sinf o‘quvchisi D.H.urishi oqibatida, bolaning quloq pardasi yirtilgani haqida xabar bergan edik. Натижада direktor B.R. Samarqand viloyat Xalq ta’limi boshqarmasining tegishli buyrug‘iga asosan lavozimidan ozod etilgan edi.
LiveBarchasi