Navoiyda maktab direktori o‘quvchi qizni urib, hushidan ketkazgani aytilmoqda

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy shahar XTBga qarashli 11-AFCHO‘IM direktori 10-“G” sinfda o‘quvchi qizni urgani va u hushidan ketgani haqida xabarlar tarqaldi.

Maktab direktori G.J. 10-“G” sinf o‘quvchisini “bir kun avval darsdan qochib ketgansan”, deya jahl ustida ko‘krak qafasiga katta uzugi bor qo‘li bilan urgan, o‘quvchi esa hushini yo‘qotgani aytilmoqda. Shundan so‘ng, o‘quvchini ota-onasi va tez tibbiy yordam mashinasi maktabga kelgan.

Navoiy viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati mazkur holat ayni paytda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan nazoratga olingani va tekshirish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi. 

Ta’kidlanishicha, jarayon yakuniga yetgach, tergov natijasi yuzasidan aniq ma’lumotlar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hamda muayyan tashkilotlarga taqdim etiladi.

Avvalroq Samarqand viloyatining Urgut tumanida maktab direktori o‘quvchisini urib, quloq pardasini yirtib yuborgani haqida xabar bergan edik. Direktor ishdan olinib, holat bo‘yicha surishtiruv boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

436

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing