Navoiyda koronavirusga chalingan bemor qolmadi
Jamiyat
−
15 fevral 2021
4151Navoiy viloyatida koronavirus, pnevmoniya va boshqa belgilar bilan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan oxirgi markaz ham yopildi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Kecha, 14 fevral kuni Navoiydagi COVID-19 infeksiyasiga chalingan oxirgi bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatilgan. Shu bois mazkur kasallikka chalingan bemorlarni davolash uchun o‘z faoliyatini olib borgan viloyat yuqumli kasalliklari shifoxonasi o‘z ishini yakunlab, yo‘nalishi bo‘yicha faoliyatini boshladi. Shunday qilib, viloyat koronavirus infeksiyasidan xoli xududga aylandi.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mazkur jarayonlarda xizmat qilgan barcha tibbiyot xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida koronavirusga chalingan bemor qolmagani xabar qilingandi.
LiveBarchasi