Navoiyda kondagi portlashda mashinist halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Navoiy kon metallurgiya kombinatiga qarashli konda amalga oshirilgan portlatish ishlari oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Joriy yilning 26 noyabr kuni “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli “Sharqiy” konida ruda toshlarni olish ishlari bilan shug‘ullanayotgan EKG-40 ekskavatori kabinasiga tog‘ jinslari ko‘chmasi sachrab tushgan. 

Oqibatda kabinada bo‘lgan mashinist Sh.Sh. tan-jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, EKG-40 rusumli ekskavator kabinasida bo‘lgan mashinist yordamchisi T.M. bo‘yin va o‘ng qo‘l kaft sohasi 1 va 2-darajali kuyishi tan-jarohati olgan.

Prokuraturaga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

219

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing