Navoiyda “quloq”lik qilgan yigitning mashinasi pachoqlab tashlandi (video)
3-sahifa
−
30 iyun 2021
16741Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida odamlar qoidabuzarlikni tasvirga olib GAIga yuboradigan “quloq”ni ushlab olib, avtomobilini pachoqlagani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi to‘liq ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 29 iyun kuni Navoiy viloyati Xatirchi tumani markazida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi bir necha shaxs ushbu tumanda yashovchi fuqarolar — Sh.A. va S.O.larni qoidabuzarlikni tasvirga olganlikda gumonlab, telefon apparatlarini tortib olib, boshqaruvidagi Spark rusumli transport vositasiga texnik shikast yetkazgan.
Ushbu holatdan so‘ng, barcha shaxslar ushlanib, Xatirchi tuman IIB binosiga olib kelinib, hozirda qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.
LiveBarchasi