Navoiyda Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar o‘ldirildi
3-sahifa
−
11 iyul 2023
6346Navoiy viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan ona-bola jayronlarni ovlagan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 9 iyul kuni Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari, viloyat IIB YHXB hamda Ekopatrul xodimlari bilan hamkorlikda nazorat reyd tadbiri o‘tkazilgan. Reyd jarayonida Navbahor tumani hududida fuqaro Q.Sh. boshqaruvidagi Niva rusumli mashina tekshirilgan. Tekshiruv jarayonida mashina yukxonasida ikki dona otilgan O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan ona-bola jayron borligi aniqlangan.
Tekshiruv-surishtiruv ishlari davomida jayronlar Samarqand viloyati Narpay tumani “Boltali” qishlog‘ida yashovchi fuqarolar Q.Sh. va Q.F.ga tegishli ov qurollari yordamida noqonuniy ovlangani ma’lum bo‘lgan.
“Holat yuzasidan tegishli dalolatnomalar tuzilib, tabiatga 33 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi. Shuningdek, Q.Sh. boshqaruvidagi mashina jarima maydonchasiga qo‘yildi va ov qurollari saqlash uchun Navoiy viloyat IIBga yuborildi. Hozirda prokuraturaga yuborish uchun kerakli hujjatlar to‘planmoqda.”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi