Navoiyda qamoqxonaga ishga kiritish uchun pora olayotgan mas’ul ushlandi

Jamiyat

image

Navoiy viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasining mas’ul xodimi fuqaroni ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, undan pora olayotganda qo‘lga tushdi. 

DXX Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, qishloq xo‘jaligi boshqarmasi mas’ul xodimi M.X. tanishlari orqali S.O.ni viloyat IIBga qarashli jazoni ijro etish muassasalaridan biriga ishga joylashtirib qo‘yishini aytib, xizmati evaziga undan 2000 AQSH dollari so‘ragan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda M.X. so‘ralgan puldan 10,5 mln so‘mni olgan vaqtida ushlangan.

Avvalroq, Chinoz tumani hokimligi mansabdor shaxsi tadbirkorga yer ajratish uchun undan pora olayotganda qo‘lga tushgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

212

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing