Navoiyda qalbaki pullarni muomalaga kiritayotgan guruh qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Davlat xavfsizlik xizmati katta miqdordagi qalbaki pullarni muomalaga kiritayotgan guruhni qo‘lga oldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Navoiy shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent shahrida yashovchi fuqaro Cobalt mashinasida 100 ming so‘mlik banknotlardan iborat 221 mln 100 ming so‘m miqdoridagi qalbaki pullar borligi aniqlandi. 

Shuningdek, tezkor tadbirda uning jinoiy sheriklari bo‘lgan Navoiy va Buxoro viloyatlarida yashovchi 5 nafar shaxs ham qo‘lga olindi. Ulardan jami 139 mln 800 ming so‘m miqdoridagi qalbaki pullar olindi.

Tezkor tadbir natijasida umumiy qiymati 360 mln 900 ming so‘m bo‘lgan qalbaki pullarning muomalaga chiqarilishiga chek qo‘yildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing