Navoiyda mast holatda 45 yoshli fuqaroni urib o‘ldirgan erkak ushlandi

3-sahifa

image

Joriy yilning 13 dekabr kuni soat 10:00 da Zarafshon shahar 1-kichik tuman, 1-uy oldidagi daraxtzorda 45 yoshli M.Q. ning murdasi tashqi tan jarohatlarisiz holda topilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, M.Q. ning tanasida “qorin bo‘shlig‘ining yopiq qo‘shma jarohati, to‘sh suyagini yopiq sinishi, ichak tutqich arteriyasini yorilishi” kabi tan-jarohatlari borligi hamda aynan shu jarohatlar uning o‘limiga sabab bo‘lganli aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Zarafshon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida mazkur jinoyatni 41 yoshli Tomdi tumanida tug‘ilgan S.S. sodir etgani, janjalga esa har ikki fuqaroning spirtli ichimlik ta’sirida bir-birlarini so‘kib haqorat qilganliklari sabab bo‘lgani aniqlangan. S.S. jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

135

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing