Navoiyda IIB xodimi kaltaklandi
Jamiyat
−
11 Oktabr 2019
5412Navoiyda IIB xodimiga qarshilik ko‘rsatib, avtomobilda uning oyog‘ini bosib ketgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Navoiy viloyati, Xatirchi tumani IIB HPB profilaktika inspektori O‘.X. (1991 y.t.) boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashinada piyodalar o‘tish yo‘lagida piyodalarni o‘tkazib yuborish uchun to‘xtab turgan vaqtida, uning orqasida fuqaro A.O‘. (1990 y.t.) Matiz rusumli avtomashinada to‘xtab, O‘.X, uning yo‘lini to‘sib turganligini vaj qilib, uni urib-do‘pposlab, tan jarohati yetkazga. Bundan tashqari, O‘.X.ning qonuniy talablariga bo‘ysinmasdan, faol qarshilik ko‘rsatib, o‘z avtomashinasini harakatini davom ettirishi natijasida, uning o‘ng oyog‘ini bosib o‘tgan.
Mazkur holat yuzasidan 10.10.2019 yilda Xatirchi tumani prokuraturasi tomonidan A.O‘.ga nisbatan JKning 277-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
LiveBarchasi