Navoiyda gazdan noqonuniy foydalangan 2 ta MCHJ davlatga 1 mlrddan ortiq zarar yetkazdi

Jamiyat

image

Navoiy shahrida hududiy tabiiy gaz ta’minoti korxonasi manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilganligi fosh etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, Navoiy shahrida faoliyat yurituvchi “Sh.B.” hamda “N.G.” MCHJlarga qarashli ohak ishlab chiqarish sexlarida o‘rnatilgan gaz hisoblash uskunasi ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida tashqaridan qasddan shikast yetkazilib (1,5 mm hajmda teshik hosil qilish orqali), tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi natijasida, hududiy gaz ta’minoti korxonasi manfaatlariga “Sh.B.” MCHJ tomonidan 985,7 mln so‘m va  “N.G.” MCHJ tomonidan 130,2 mln zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Hisob kitoblarga ko‘ra, noqonuniy foydalanilgan tabiiy gaz 1 oy davomida 1 858 ta xonadonni uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlashga yetishi ma’lum bo‘lgan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (gazdan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

61

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing