Navoiyda bolalar o‘ynaydigan batut kuchli shamolda uchib ketdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi “Chashma” ziyoratgohi yaqinida bolalar o‘ynashi uchun mo‘ljallangan batut shamolda uchib ketgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Nurota tumani hokimligi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, kecha, 27 aprel kuni soat 14:47 da tumanning “Shahriston” MFY hududida joylashgan “Chashma” tarixiy-me’moriy majmuasi hududida kuchli shamol oqibatida tadbirkorga tegishli bo‘lgan batut inshooti o‘z joyidan siljib, avtomobil yo‘liga ko‘chib tushgan.

Mazkur hodisa oqibatida 1 dona tungi yoritgich ustuni shikastlangan. Voqea tufayli fuqarolar va yosh bolalar tan jarohati olmagan, shuningdek, avtotransport vositalariga ham zarar yetmagan.

Hokimlik hozirda holat to‘liq o‘rganilib, bunday noxush holatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilayotganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy batut

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing