Navoiyda bir maktabning 23 o‘quvchisi muddatidan oldin talaba bo‘ldi
Jamiyat
−
06 mart 6556 1 daqiqa
Navoiy shahridagi 11-aniq fanlar chuqur o‘qitiladigan ixtisoslashgan maktabining 23 o‘quvchisi muddatidan oldin talaba bo‘ldi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.
Mazkur maktabning 21 nafar 11-sinf o‘quvchisi 189 ball to‘plab, muddatidan oldin talaba bo‘lgan. Shuningdek, 2 nafar 10-sinf o‘quvchisi ham talabalik maqomini qo‘lga kiritgan.
“Mazkur ta’lim muassasasi yillar davomida turli yo‘nalishlarda yuqori natijalarni qayd etib, viloyat ta’lim tizimida yetakchi maktablardan biri sifatida e’tirof etib kelinmoqda. Bugungi ko‘rsatkichlar esa ana shunday izchil rivojlanishning mantiqiy davomidir”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy shahridagi 22-umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi Islombek Mansurov ingliz tilidan B2 darajadagi milliy sertifikatni qo‘lga kiritgandi.
Live
Barchasi