Navoiyda “BelAZ” Toyota'ni ichidagi ikki kishi bilan bosib ketdi
3-sahifa
−
22 iyul 12886 1 daqiqa
Navoiy viloyatidagi “Muruntov” konida “BelAZ” rusumli avtoag‘dargich va Toyota rusumli xizmat avtomashinasi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki nafar ishchi-xodim halok bo‘ldi. Bu haqda “Navoiy kon-metalurgiya kombinati” AJ xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 21 iyul kuni soat 05:30 larda kon hududida avtoag‘dargich va xizmat avtomashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, nazorat qiluvchi davlat tashkilotlari tomonidan maxsus tekshiruv tayinlanib, yo‘l-transport hodisasining sodir bo‘lish holatlari va kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.
Kombinatning mas’ul xizmatlari tomonidan bunday noxush hodisalarning oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilayotgani bildirilgan.
Shuningdek, Navoiy kon-metallurgiya kombinati hodisa oqibatida vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Tracker 6 yoshli bolani bosib ketgan edi.
Live
Barchasi