Navoiyda 8-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘ldi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatida 8-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu voqea Karmana tumani 15-umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan. Ba’zi bir xabarlarga ko‘ra, o‘quvchi ayrim fanlardan o‘qituvchilarning darsida ishtirok etmagan. 

Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari tomonidan o‘quvchi darslarga ishtirok etmasa-da, unga baho qo‘yib borilganligi haqidagi xabarlar ayni vaqtda o‘rganilayotgani xabar qilingan.

“Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganish o‘tkazilmoqda. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida 12 yoshli qiz homilador bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy 8-sinf o'quvchisi farzandli bo'ldi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing