Navoiyda 5 ta ob’ekt UNESCO ro‘yxatiga kiritiladi
Jamiyat
−
28 avgust 2020
5149Navoiy viloyatidagi “Buyuk Ipak Yo‘li”ning Zarafshon-Qoraqum qismida joylashgan “Qosim-Shayx”, “Mirsaid Bahrom”, “Raboti-Malik”, “Sardoba”, “Mavlono Orif Deggaroniy” madaniy meros ob’ektlari UNESCO`ning Butunjahon madaniy merosi yodgorliklari ro‘yxatiga kiritiladi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yilning mart oyida viloyatga borganda shunday topshiriq bergandi.
Navoiy viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, yuqorida ko‘rsatilgan ob’ektlarni UNESCO`ning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha o‘tgan yilning 20 may kuni viloyat turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi va O‘rta Osiyo Xalqaro tadqiqotlar instituti (IICAI) o‘rtasida loyihaning umumiy qiymati 1 100,0 mln so‘mlik ikki tomonlama shartnoma imzolangan.
Qayd etilishicha, “Qosim-Shayx”, “Mirsaid Bahrom”, “Raboti-Malik”, “Sardoba”, “Mavlono Orif Deggaroniy” madaniy meros ob’ektlarini YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi yodgorliklari ro‘yxatiga kiritish ishlari 2021 yilning aprel oyida to‘liq yakunlanadi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15