Navoiyda 3 kishi YTH qurboni bo‘ldi
3-sahifa
−
06 may 2021
5383Navoiy viloyatida Tracker-2 rusumli avtomashina ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB YHXB Matbuot guruhi katta inspektori Farruh Yakubov “Zamon” dasturiga ma’lum qildi.
Hodisa 3 may kuni soat 21:00 larda Qiziltepa tumani hududidan o‘tgan “Kogon-Qiziltepa-Toshrobod-Yangiqurg‘on” davlat ahamiyatiga ega avtomobil yo‘lining “Kogon-Qiziltepa” yo‘nalishida sodir bo‘lgan. Mazkur yo‘lda harakatlanib kelayotgan haydovchi o‘ziga tegishli bo‘lgan Tracker-2 rusumli avtomashinasini “Kogon-Qiziltepa” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borib, avtomashina tezligini oshirishi natijasida boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda, avtomashina yo‘l chetiga chiqib ketib, ag‘darilgan va yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Natijada 2 nafar fuqaro voqea joyida, 1 nafar fuqaro tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.