Navoiyda 200 mln so‘mni talon-toroj qilgan hokim yordamchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
04 dekabr
3727Navoiy viloyatida 200 mln so‘mni talon-toroj qilgan hokim yordamchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birining muqaddam sudlangan hokim yordamchisi sovun mahsuloti ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi MCHJ rahbari bilan kelishgan holda, mazkur MCHJ va tumanda faoliyat yurituvchi xususiy o‘quv markazi nomiga 200 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘i ajratilishiga erishib, lekin ushbu pul mablag‘larini o‘ziga tegishli xususiy korxona hisob raqamiga o‘tkazish orqali talon-toroj qilgan.
Holat yuzasidan tergov harakati olib borilayotganligi ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida uch yuz mln so‘mdan ortiq mablag‘ni tanishlarining hisob raqamiga o‘tkazib bergan MIB xodimi qo‘lga olingandi. U 321 mln 79 ming so‘m pul mablag‘ini o‘ziga tanish bo‘lgan 4 nafar fuqaroning plastik kartalariga o‘tkazish orqali naqdlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
LiveBarchasi