Navoiyda 20 va 22 yoshli qizlarni fohishalikka jo‘natayotgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Navoiyda 20 va 22 yoshdagi qizlarni Dubayga fohishalikka jo‘natayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etiltishicha, joriy yilning 13 yanvar kuni Navoiy shahar Abdulla Avloniy ko‘chasida yashovchi X.N. Navoiy IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Unga Konimex tumani “Guliston” MFYda ro‘yxatda turib ayni paytda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yashovchi Sh.N. Telegram orqali  yosh qizlarni aldab mamlakatdan olib chiqib ketayotgani aytilgan.

Ma’lum qilinishicha, Sh.N. 20 yoshli xatirchilik O.B. hamda 22 yoshli karmanalik X.N.ni aldab, mamlakatdan olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, Sh.N. qizlarning barcha xarajatlari qoplanishi hamda aviachipta pullari to‘lab berilishini va’da qilib, sherigi G.Sh. orqali Dubay shahriga olib chiqib ketayotgan vaqtda ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

809

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing