Navoiyda 20 ming dollarga 1 gektar yer olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Jamiyat
−
11 iyun 2021
3333Navoiy viloyatining ikkita hududida yer sotish bilan bog‘liq “firibgarlik” holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.E. boshqa bir fuqaro J.ning ishonchiga kirib, unga 20 ming AQSH dollari evaziga tanishlari orqali Konimex tumani hududida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 1 gektar yer maydoni olib berishni va’da qilib, oldindan 1000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Navbahor tumanidagi “Sh.S.” fermer xo‘jaligi rahbari M.Sh. fuqaro B.ga xo‘jalikka tegishli bo‘lgan 6 gektar yer maydonini 90 mln so‘m evaziga tanishlari orqali uning nomiga o‘tkazib berishni va’da qilib, shundan 50 mln so‘mni olgan vaqtida Departament hamda DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi