Navoiyda 1 707 holatda ovchilar yovvoyi hayvonlarni noqonuniy ovlagan

3-sahifa

image

Navoiy viloyatida 2019-2020 yilgi ov mavsumida ruxsat berilgan kvotadan tashqari jami 13 ming (quyon, g‘oz, o‘rdak va boshqa.) boshdan ortiq yovvoyi hayvonlarning noqonuniy ovlangan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Navoiy viloyati boshqarmasida tekshiruv o‘tkazilgan va 13 ming boshdan ortiq yovvoyi hayvonlar noqonuniy ovlanishiga imkoniyat yaratilganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Navoiy viloyati boshqarmasi mansabdor shaxslari 2019 yilgi ov mavsumida 1 707 holatda ovchilar tomonidan noqonuniy ov amalga oshirilganligi bo‘yicha o‘z vaqtida ma’muriy choralar qo‘llamaganliklari natijasida, 1,9 mlrd so‘mlik jarimalar byudjetga undirilmasdan, davlat va jamiyat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazishgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy ovchilik

Baholaganlar

78

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing