Navoiyda haydovchisi uxlab qolgan Cobalt yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Qurbonlar bor

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Navoiyda Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi uxlab qolib, qarama-qarshi yo‘lda harakatlanib kelayotgan Howo yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Yo‘l-transport  hodisasi oqibatida ikki kishi vafot etdi. Bu haqda Navoiy viloyati YHXB Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, YTH joriy yilning 27 iyun kuni soat 14:30 da Navoiy viloyati Konimex tumanidan o‘tgan A-379 yo‘lining Navoiy-Zarafshon-Uchquduq yo‘nalishida sodir bo‘lgan. 

Sobalt rusumli avtomobilda harakatlanib kelayotgan vaqt uxlab qolgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, shu yo‘lning qarama-qarshi tomonidan kelayotgan Howo yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. YTH oqibatida Sobalt haydovchisi va uning yonidagi yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. 

Hozirda mazkur hodisa yuzasidan Konimex tumani IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Toshkentda Audi yuk mashinasi bilan to‘qnashgan edi.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

187

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing