Navoiy viloyatidagi hudud dunyoning eng issiq joyiga aylandi

Jamiyat

image

Bugun, 22 iyul kuni soat 11:00 da Navoiy viloyatining g‘arbiy cho‘l hududi dunyoning eng issiq nuqtasiga aylandi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi mutaxassisi Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.

Eng issiq hudud deb topilgan vaqtda Navoiy viloyatining Bo‘zavboy stansiyasida +44 daraja qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet joriy hafta oxirida juda issiq ob-havo kuzatiliishidan ogohlantirdi. Xususan, shu kunlarda harorat foni iqlimiy me’yorlardan 5-7 darajaga yuqori bo‘ladi. Kunduzi havo harorati 40-45 daraja atrofida, janubda va cho‘l zonalarida ba’zi joylarda 47 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

1305

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing