Navoiy viloyati sudiga yangi rais tayinlandi

Jamiyat

image

Navoiy viloyati sudiga yangi rais tayinlandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi xabar berdi.

Abdulla Sa’dullayevich Allayev sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Navoiy viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Buxoro viloyati sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ketdi.

Shu jumladan:

Yalgashev G‘iyosiddin To‘lqinovich sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Navoiy viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga;

Ilyosjon Yoqubjonovich Usmonov sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi.

Prezidentning tegishli farmoyishiga muvofiq, yozma arizalariga asosan Xamidulla Nasimovich Qudratov Navoiy viloyat sudining raisi lavozimidan, Abdumannon Murodovich Shaydoyev Navoiy viloyati sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi vazifasidan bo‘shatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy tayinlov sud'ya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made