Navoiy viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
10 Oktabr 2020
9935Navoiy viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari o‘zgardi.
2015 yildan buyon mazkur lavozimda ishlab kelgan Komiljon Rasulovning boshqa ishga o‘tganligi sababli, “Qishloq qurilish invest” MCHJ injiniring kompaniyasi Navoiy viloyat filiali direktori Bekzod Nuriddinovich Bobomurodov bugun hokim o‘rinbosari etib tayinlandi.
Bekzod Bobomurodov 1983 yilda Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida tug‘ilgan. Tojikiston Respublikasi Xo‘jand davlat universiteti hamda Toshkent moliya institutini tamomlagan.
Bekzod Bobomurodov mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi Navoiy viloyati hududiy birlashmasi raisi, Navoiy viloyati qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazi direktori kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.