“Navoiyuran”ning sobiq rahbari seyfidan 2 mln dollar topildimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda "Navoiyuran" davlat korxonasining sobiq rahbari Jahongir Hasanov qamoqqa olingani hamda unga tegishli seyfdan 2 million AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘i topilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holatga nisbatan korxona rasmiy munosabat bildirdi.

Unda aytilishicha, tarmoqlarda sizdirilgan bunday ma’lumotlar hech qanday asosga ega emas. Hozirda korxonaning avvalgi rahbari Jahongir Hasanov korxona Kuzatuv Kengashi a’zosi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda. Korxona bosh direktori vazifasi esa Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining o‘rinbosari Jamol Fayzullayevga yuklatilgan.

Shuningdek, xabarda korxona faoliyati bilan bog‘liq har qanday ma’lumotni olishda rasmiy sahifalarga tayanish so‘ralgan.

“Yolg‘on, inson sha’ni va qadr-qimmati bilan bog‘liq xabarlarni asossiz tarqatish tegishli tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligidan ogohlantiramiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiyuran

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar