Navoiy shahriga ham yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Navoiy viloyati Navoiy shahriga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Ergashev Dilmurod Bekmuradovich Navoiy shahar hokimi lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Navoiy "Kon-metallurgiya kombinati” Aksiyadorlik jamiyati kapital qurilish boshqarmasi boshlig‘ining sanoat ob’ektlarini qurish bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.

Shu paytga qadar Navoiy shahar hokimi vaqtinchalik vazifasini O‘tkir Haqberdiyev bajarib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin ham Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahriga yangi hokim tayinlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing