“Navoiyazot”ga qarashli zavodda 4 kishi zaharlandi – SSV
Jamiyat
−
29 Oktabr 2019
6155Kecha, 28 oktyabr kuni taxminan soat 16:00 da Navoiy viloyati “Navoiyazot” AJga qarashli PVX zavodida noma’lum kuydiruvchi gazdan ingalyatsion zaharlanish yuz bergan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan. Favqulodda vaziyatda jarohatlangan 4 nafar bemor Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Toksikologiya bo‘limiga yotqizilgan.
Tajribali shifokorlar tomonidan bemorlarning ahvoli baholanib, ularga zamonaviy davolash standartlari bo‘yicha malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Mazkur holat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qat’iy nazoratga olingan bo‘lib, bemorlarning ahvoli yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr