Oksford vaksinasi qayerlarda sinovdan o‘tkazilishi ma’lum qilindi
Salomatlik
−
05 iyun 2020
7129Oksford universiteti tadqiqotchilari guruhi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirus vaksinasi uning ta’siriga ishonch hosil qilish uchun Braziliya va AQSHda klinik sinovlardan o‘tadi. Bu haqda bugun, 5 iyun kuni juma kuni “The Times” gazetasi yozmoqda.
"Vaksina ustida ishlayotganlarning eng katta muammosi bu COVID-19 bilan bog‘liq vaziyatning pasayib borayotganidir. Shu sabab biz uni dunyoning turli nuqtalarida ta’qib qilishimizga to‘g‘ri kelmoqda. Agar hamma narsa rejaga muvofiq bo‘lsa, unda avgustgacha Oksford vaksinasi ishlaydimi yoki yo‘qmi bilib olamiz”, dedi AstraZeneca Britaniya-Shved farmatsevtika kompaniyasining ijrochi direktori Paskal Sorio.
Buyuk Britaniyada ushbu emlovning klinik sinovlarining ikkinchi bosqichi 10 mingdan ortiq ko‘ngilli bilan boshlandi. Ular ichiga 56-69 yoshdagi odamlar, 70 yoshdan oshgan fuqarolar va 5-12 yoshdagi bolalar kiradi. Birinchi bosqichda, tadqiqotda 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan mingdan oshiq ko‘ngilli ishtirok etdi. Endi sinovning uchinchi, oxirgi bosqichi haqida gapiriladigan bo‘lsa, u xorijda, 30 ming amerikalik ishtirokida bo‘lib o‘tadi.
AstraZeneca kompaniyasi Oksford preparatining muvaffaqiyatli yakunlanishini kutmoqda. Kompaniya koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqilsa, uning 2 milliard dozasini ishlab chiqarish uchun zarur quvvat bilan ta’minlgan.
LiveBarchasi