Navbatdagi antirekord: Hindistonda koronavirusdan o‘lim soni ortmoqda
Olam
−
05 may 2021
9493Kecha, 4 may kuni Hindistonda koronavirusdan o‘lim bo‘yicha navbatdagi antirekord o‘rnatildi. Mamlakatda 3 780 kishi infeksiyadan vafot etdi, deb xabar bergan "Times of India".
Umuman hisobda, pandemiya boshlanganidan beri mamlakatda 226 188 kishi vafot etgan.
Shuningdek, o‘tgan kun davomida 382 315 ta yangi koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Mutaxassislarning fikricha, mamlakatda kasallanish darajasi statistika ma’lumotlariga qaraganda ancha yuqori bo‘lishi mumkin.
Hindiston koronavirus holatlari soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan beri mamlakatda jami 20,6 milliondan ortiq kishida koronavirus aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra, joriy yilning 1 may kuni Dehli shahriga insonparvarlik ko‘magi yetkazilgandi.
LiveBarchasi