“Navbahor” terma jamoa posbonini 300 ming yevroga sotdi

Sport

image

O‘zbekiston milliy jamoasi va “Navbahor” klubi darvozaboni O‘tkir Yusupov Eronning “Fulad” klubiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda “Transfermarkt” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Navbahor” 33 yoshli posbonni 300 ming yevro evaziga Eron klubiga qo‘yib yuborgan. Yusupov yangi klubi bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.

Ma’lumot uchun, Yusupov faoliyati davomida O‘zbekistonning “Mash’al”, “Nasaf”, “Neftchi” va “Qo‘qon-1912” klublari darvozasini qo‘riqlagan. Joriy mavsumda darvozabon 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Yusupov 2018 yildan buyon terma jamoa safida harakat qilib kelmoqda. U shu vaqtga qadar 24 ta bahsda milliy terma darvozasini qo‘riqladi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Navbahor O'tkir Yusupov Fulad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing