Navbahor Hamidova o‘zbek boks tarixiga kirdi

Sport

image

Qozog‘istonning Ostona shahrida yakuniga yetib borayotgan boks bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichida Navbahor Hamidova g‘alaba qozonib, mazkur toifadagi musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritgan birinchi o‘zbekistonlik bokschi qizga aylandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Navbahor Hamidova finalda Olimpiada va uch karra jahon chempioni turkiyalik Busenaz Surmenelini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishga erishgan. Ushbu g‘alaba bilan Hamidova avvalgi 2 mag‘lubiyat uchun munosib revansh olgan.  

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqani 1 ta oltin va 4 ta bronza medallari bilan yakunlagan. Oltin medalni -65 kg vazn toifasida Navbahor Hamidova qo‘lga kiritgan bo‘lsa, bronza medallarga -54 kg vazn toifasida Feruza Kazakova, -75 kg vazn toifasida Aziza Zokirova, -80 kg vazn toifasida Sohiba Ro‘zmetova va +80 kg vazn toifasida Oltinoy Sotimboyeva ega chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

boks Navbahor Hamidova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing