Navalniyning advokati sudga apellyatsiya shikoyati kiritdi

Olam

image

Rossiya muxolifatchisi Aleksey Navalniyning advokati Vadim Kobzev Simonovskiy sudi hukmidan norozi bo‘lib, “Iv Roshe” ishi bo‘yicha apellyatsiya shikoyati berdi. Bu haqda RBKga Simonovskiy sudi Matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq, Moskvaning Simonov sudi “Iv Roshe” ishi bo‘yicha Navalniyga tayinlangan shartli jazoni realga aylantirgani haqida xabar bergan edik. U hozircha “Matrosskaya Tishina” tergov hibsxonasida saqlanyapti. Aleksey Navalniy sud qaroriga ko‘ra, 3,5 yillik muddatning 2,5 yilini koloniyada o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada 23 va 31 yanvar kunlari Navalniyning chaqirig‘i bilan norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

So‘nggi ruxsat berilmagan miting esa joriy yilning 2 fevral kuni Aleksey Navalniyga hukm chiqarilganidan so‘ng bo‘ldi.

Namoyishchilar Moskva va Sankt-Peterburgning markaziy ko‘chalariga chiqdi, huquq-tartibot idoralari xodimlari ularning ko‘pini hibsga oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing