NATO yil oxirigacha Kiyevga 50 mlrd dollarlik yordam bermoqchi

Olam

image

Joriy yilning oxiriga borib, NATO mamlakatlari tomonidan Ukrainani Rossiya hujumidan himoya qilish uchun ko‘rsatilayotgan harbiy yordam narxi o‘tgan yildagidek, taxminan 50 milliard dollarni tashkil etadi. Yanvar oyidan beri alyans ushbu maqsadlar uchun 33 milliard dollar ajratdi. Bu haqda NATO Harbiy qo‘mitasi raisi Juzeppe Kavo Dragone bugun, 23 avgust kuni chop etilgan Italiyaning “Corriere della Sera” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Uning aytishicha, alyans 2024 yilda Ukrainaga 50 milliard dollarlik qurol-yarog‘ yetkazib bergan. 2025 yilning qolgan muddatida ham xuddi shunday miqdorda yordam ko‘rsatish rejalashtirilgan.

“NATO davlatlari barcha harbiy yordamning 99 foizini bergan. 2024 yilda uning hajmi 50 milliard dollarga yetgan. 2025 yilda biz allaqachon 33 milliard dollarga yetganmiz, ammo yil oxirigacha avvalgi ko‘rsatkichga mos kelamiz”, degan Dragone.

Dragone NATOning Ukrainaga harbiy yordamni davom ettirish va hatto oshirish niyatini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, taxminan 40 kun oldin Prezident Tramp va uning maslahatchilari bilan birgalikda Ukraina rahbariyati tomonidan tuzilgan Ukraina ustuvor ehtiyojlari ro‘yxati (PURL) ishlab chiqilgan.

Qayd etilishicha, NATO ittifoqchilari, hatto YeI a’zosi bo‘lmasalar ham, Kiyevga zudlik bilan yetkazib beriladigan Amerika qurollarini yetkazib berishni moliyalashtiradilar. PURL dasturi doirasida 1,5 milliard dollarlik qurol allaqachon yuborilgan.

Dragone ma’lumotlariga ko‘ra, har biri 500 million yevroga teng bo‘lgan uchta paket mavjud:

  • Birinchisi avgust oyi boshida Niderlandiya tomonidan moliyalashtirildi.
  • Ikkinchisi – Daniya, Finlyandiya va Shvetsiya.
  • Uchinchisi oy o‘rtalarida Germaniya tomonidan moliyalashtirildi.

NATO vakilining so‘zlariga ko‘ra, asosiy e’tibor raketa va dronlarga qarshi havo hujumidan mudofaa tizimlari, shuningdek, turli kalibrli o‘q-dorilarni yetkazib berishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH va Shimoliy Atlantika alyansi NATOning Yevropadagi a’zolari mablag‘lari hisobidan Ukrainaga harbiy yuk yetkazib berishning yangi mexanizmi ustida ishlayotgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Ukraina EI harbiy yordam Juzeppe Kavo Dragone PURL

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing