NATO Ukrainaning g‘alabasidan umidini uzgan – DT
Olam
−
20 avgust 2023
17151NATO Ukrainaning Rossiya bilan mojaroda g‘alaba qozonishidan umidini uzgan. Bu fikrni “The Daily Telegraph” gazetasiga Afg‘onistondagi qo‘shinlarga qo‘mondonlik qilgan Britaniya armiyasining iste’fodagi polkovnigi Richard Kemp bildirdi.
Kempning so‘zlariga ko‘ra, alyans “Ukrainani arzonroq sotmoqchi”.
Uning eslatishicha, Norvegiyadagi nutqi davomida NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg idorasi rahbari Stian Yensen tinchlik kelishuvi Kiyevni NATOga qo‘shilish evaziga Rossiya foydasiga hududlardan voz kechishga majbur qilishi mumkinligini tan olgan.
"Aftidan, NATO Ukraina g‘alabasidan umidini uzganga o‘xshaydi", deydi harbiy.
Shu bilan birga, Kemp G‘arbning bu holatga javobi Kiyevga hududlarni yo‘qotganini tan olish uchun bosim o‘tkazish emas, balki jang maydonidagi vaziyatni o‘zgartirishga urinish bo‘lishi kerak, degan fikrni bildirgan.
“Qo‘rqinchli xulosa shuki, Rossiya va Ukrainaning hujumlari davom etayotganiga qaramay, hech bir tomon strategik ahamiyatga ega bo‘lgan muvaffaqiyatga erisha olmaydi”, deydi Kemp.
Shuningdek, u bu yil bo‘lmasa, kelajakda muvaffaqiyatga erishish uchun Kiyevga qurol yetkazib berish hajmini oshirishga chaqirgan.
LiveBarchasi