NATO Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berishni o‘z zimmasiga oldi – “Reuters”

Olam

image

NATO Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berishni muvofiqlashtirish masalalarini AQSH o‘rniga o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu qadam rejalashtirilgan bo‘lsa-da, bir necha oyga kechiktirilgan. “Reuters”ning aniqlik kiritishicha, bu NATOning urushdagi rolini "yanada faol" qiladi, biroq alyansdan mojaro hududiga o‘z harbiylarini yuborishni talab qilmaydi.

Nashr manbasi NATOning muvofiqlashtiruvchilik rolini Ukrainani qurollantirish jarayonini bo‘lajak AQSH prezidenti Donald Tramp boshqaruvidagi Vashingtondagi kayfiyat o‘zgarishidan himoya qilishga qaratilgan urinish sifatida baholagan. Biroq diplomatning ta’kidlashicha, bu qadamning ta’siri katta bo‘lmasligi mumkin, chunki NATO orqali Kiyevga qurol yetkazib berish jarayoni baribir AQSHning istagiga ko‘p darajada bog‘liq bo‘ladi.

AQSH boshchiligidagi "Ramshteyn" guruhi tomonidan Kiyevga qurol yetkazib berishni muvofiqlashtirish vazifalarini NATOga topshirish qarori iyul oyida Vashingtonda bo‘lib o‘tgan alyans sammitida qabul qilingan. Dastlab, AQSHning Visbaden shahridagi NATOning "Ukrainaga oid" qo‘mondonligi oktyabr oxirida ish boshlashi kutilgan. “Reuters” manbasiga ko‘ra, u hozirda faoliyat yuritmoqda, ammo kechikish sabablari ochiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya yaqin o‘n yillikda NATO bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan urushga tayyorgarlik ko‘rishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Ukraina harbiy yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing