NATO-Ukraina kengashi birinchi marta TIV darajasida yig‘ildi

Olam

image

NATO-Ukraina kengashi birinchi marta Tashqi ishlar vazirlari darajasida yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda alyans matbuot xizmati xabar berdi

Muzokaralar NATOning Bryusseldagi shtab-kvartirasida blok Bosh kotibi Yens Stoltenberg raisligida bo‘lib o‘tdi. Unda Ukraina tomonidan Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba ishtirok etdi.

Uchrashuv ishtirokchilari frontdagi vaziyat, NATO davlatlarining Ukrainaga yordami, shuningdek, Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilish yo‘lida Kiyevni qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv arafasida jurnalistlarga bergan intervyusida Stoltenberg bu Ukrainaning NATOga yaqinlashib borayotganidan dalolat berishini qayd etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina armiyasi Rossiya bilan qurolli mojaroda sezilarli muvaffaqiyatga erishgan. Bosh kotib NATO davlatlari Ukraina bilan birdamlikda va uni qo‘llab-quvvatlashda davom etishiga ishontirdi.

O‘z navbatida, Dmitriy Kuleba Ukraina armiyasi texnik salohiyat, boshqaruvga yondashuv va boshqaruv tamoyillari bo‘yicha haqiqatda NATO mamlakati armiyasiga aylanganini ta’kidladi.

Uning aytishicha, Ukrainaning g‘alabasi butun Yevro-Atlantika hamjamiyatining manfaatlariga javob beradi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida Vilnyusda bo‘lib o‘tgan Shimoliy Atlantika alyansi sammitida Ukraina-NATO kengashining tashkil etilishi e’lon qilingan edi. Ilgari Kengash doirasidagi yig‘ilishlar davlat va hukumat rahbarlari, elchilar va Mudofaa vazirlari darajasida bo‘lib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Ukraina Yens Stoltenberg Dmitriy Kuleba

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing