NATO strategiyasi uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin – Fransiyalik siyosatchi

Olam

image

Fransiyaning Patriotlar partiyasi rahbari va sobiq Yevroparlament deputati Florian Filippo NATO strategiyasi uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u Twitter'dagi sahifasida yozdi, deb xabar bermoqda TASS.

“Xitoy AQSHdan Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatishni rasman talab qilmoqda. Vaziyat juda jiddiylashyapti. Biz uchinchi jahon urushi sari poyga qilamizmi yoki NATO va uning Amerika harbiy strategiyasiga ergashishni to‘xtatamizmi?!” deb yozdi siyosatchi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ning Vashingtonni Ukraina mojarosining avj olishida asosiy aybdor deb atagan edi. U Oq uyning Ukrainadagi mojaro va Koreya yarimoroli muammosini hal qilish jarayonida olib borayotgan “olovga moy sepish” siyosatini qoralagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing