NATO Rossiyaga yaqinlashadi. Finlyandiya rahbarlari alyansga qo‘shilishni ma’qulladi

Olam

image

Finlyandiya imkon qadar tezroq NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berishi kerak. Bu haqda respublika rahbari ma’muriyati tomonidan e’lon qilingan Prezident Sauli Niinistyo va Bosh vazir Sanna Marinning qo‘shma bayonotida aytiladi.

“NATOga a’zo bo‘lish Finlyandiya xavfsizligini mustahkamlaydi. NATO a’zosi sifatida Finlyandiya butun mudofaa ittifoqini mustahkamlaydi. Finlyandiya NATOga a’zo bo‘lish uchun zudlik bilan ariza berishi kerak. Umid qilamizki, bu qarorni qabul qilish uchun zarur bo‘lgan milliy qadamlar kelgusi bir necha kun ichida qabul qilinadi”, deyiladi bayonotda.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilish bo‘yicha ariza berish haqidagi haqiqiy qarorni Prezident va Finlyandiya hukumati keyinroq qabul qiladi. Bu masala yuzasidan parlament bilan maslahatlashuvlar ham o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Finlyandiya va Shvetsiya Rossiyaning Ukrainaga hujumi fonida uzoq muddatli betaraflikdan voz kechish va NATOga qo‘shilish imkoniyatlari haqida gapira boshladi. NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans Finlyandiya va Shvetsiyani o‘z safida ko‘rishdan xursand bo‘lishini va ularga tezroq qo‘shilish imkoniyatini taqdim etishini ta’kidladi. 

Shuningdek, Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lish tashabbusi Yevropada keskinlashuvning “jiddiy xavfini” olib kelishi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

297

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing