NATO Rossiyadan kuchli – Stoltenberg

Olam

image

NATO harbiy jihatdan Rossiyadan kuchli. Bu haqda alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg Myunxen xavfsizlik konferensiyasida so‘z ochdi.

"NATO dunyodagi eng yirik harbiy kuchdir. Tashkilot global qudratning qariyb yarmini ifodalaydi va harbiy jihatdan biz Rossiyadan kuchliroqmiz”, degan u .

Shunga qaramay, tashkilot ayni paytda harbiy zaxiralar bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda.

"Ammo, shu bilan birga, Ukrainadagi urush aniq muammolar mavjudligini ko‘rsatdi: jangovar harakatlarni davom ettirish uchun ehtiyot qismlar, texnik xizmat ko‘rsatish va o‘q-dorilar kerak. Ukrainada urush boshlanganidan beri biz zaxiralarimizni tugatdik. Biz zudlik bilan ishlab chiqarish hajmini oshiryapmiz”, deydi Stoltenberg.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq NATO rahbari Ukrainadan keladigan yomon xabarlarga ham tayyor turish kerakligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Rossiya harbiy qudrat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing