​​​​​​​NATO mashg‘ulotlarda KXSHT mamlakatlariga bostirib kirishni mashq qilmoqda – Shoygu

Olam

image

Shimoliy Atlantika alyansi harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish bilan birga, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) mamlakatlariga ham bostirib kirishni mashq qilmoqda. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu KXSHT Xavfsizlik kengashi kotiblari qo‘mitasining yig‘ilishida so‘z ochdi.

“Kollektiv xavfsizlik zonasining shimoliy va g‘arbiy chegaralarida alyansning harbiy ishtiroki ortib bormoqda va yangi qurol tizimlari joylashtirilmoqda. Havo hududida provokatsiyalar soni ortib boryapti. Ko‘plab harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda va ular orasida KXSHT davlatlari hududiga bostirib kirish amaliyoti ham bor”, deydi Shoygu.

U NATOning “davomli kengayishi”ni Rossiya ittifoqchilariga tahdid deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda G‘arb Yevrosiyoni “geosiyosiy qarama-qarshilik maydoni”ga aylantirish uchun davlatlarning ichki ishlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashish, siyosiy bosim, shantaj, tahdidlar kabi katta vositalar arsenalidan foydalanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ruminiya va NATOning boshqa bir qancha davlatlaridan 500 ga yaqin askar 24-28 may kunlari Smirdan jangovar tayyorgarlik markazida ko‘p millatli mashqlarda ishtirok etgandi. Unda AQSH, Fransiya harbiy xizmatchilari, Ruminiyadagi NATO jangovar guruhi, Ruminiya harbiy-havo kuchlari va Buyuk Britaniya Qirollik havo kuchlari “Eurofighter Typhoon” samolyotlari bilan manyovrlarda ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Narendra Modi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing