NATO ittifoqchilari Rossiyaga qo‘shni davlatda harbiy mashg‘ulot o‘tkazdi

Olam

image

NATOning “Steadfast Defender 24” mashqlari doirasida Polshaning Korzenevo viloyatida “Dragon 24” nomli harbiy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Shimoliy Atlantika alyansi bayonot berdi.

Germaniya, Litva, Polsha, Sloveniya, Fransiya, Ispaniya, Turkiya, Buyuk Britaniya va AQSH harbiylari Polshaning Korzenevo viloyatida 4-5 mart kunlari bo‘lib o‘tgan harbiy mudofaa mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.

NATOning yozma bayonotiga ko‘ra, ittifoqchilar mashqlar orqali o‘zlarida hujumning oldini olish va mudofaa qobiliyatlarini kuchaytirdi. Mashqlarda Polsha Prezidenti Anjey Duda va Litva Prezidenti Gitanas Nauseda ham ishtirok etdi.

Polsha boshchiligidagi mashg‘ulotlar doirasida qo‘shinlar Visla daryosidan o‘tdi.

Ma’lumot uchun, NATOning so‘nggi yillardagi eng yirik harbiy mashg‘uloti bo‘lgan “Steadfast Defender 24”da alyansning barcha davlatlaridan, shuningdek, Shvetsiyadan taxminan 90 000 askar ishtirok etadi. Mashg‘ulotlar davomida 24 ittifoqchi davlat bir qator o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Pol'sha Steadfast Defender 24

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made