NATO davlatlaridan Ukrainaga “syurpriz” bor

Olam

image

Joriy yilning 11-12 iyul kunlari Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan sammitda NATO davlatlari kelajakda Ukrainaning alyans safiga kirishini qo‘llab-quvvatlashini e’lon qiladi. Bu haqda bugun, 15 may kuni NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Kopengagendagi “Demokratiya sammiti”da so‘zga chiqqanida aytib o‘tdi.

“Menimcha, NATO ittifoqchilari, davlat va hukumat rahbarlari iyul oyida uchrashganda, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashlari haqida juda aniq gapirishadi. Men NATO ittifoqchilaridan Ukraina alyansga a’zo bo‘ladi, deyishlarini kutaman. Bu haqda davlat va hukumat rahbarlari oldin ham bir necha bor aytgan”, degan NATO Bosh kotibi.

Stoltenbergning ta’kidlashicha, NATOning barcha a’zolari Ukraina o‘z yo‘lini tanlash huquqiga ega, degan fikrda. 

“Ukraina nima qilishi mumkinligi Moskvaning ixtiyorida emas. A’zo bo‘lish masalasini Ukraina va NATOdagi 31 ittifoqchi hal qilishi kerak", deya qo‘shimcha qilgan alyans Bosh kotibi.

Shuningdek, Stoltenberg NATOning eshiklari Ukraina uchun hali ham ochiq, degan fikrni yana bir bor ta’kidlagan.

Biroq “The Washington Post” gazetasi NATO davlatlari iyul oyida Vilnyusda bo‘lib o‘tagan sammitda Ukrainaga Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo bo‘lish taklifini bermaslikka qaror qilgani haqida yozgan. Unda aytilishicha, NATO davlatari bo‘lajak sammitda Kiyev bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish imkoniyatlari va harbiy blokka kirish shartlarini muhokama qilishni reja qilgan. 

Prezident Zelenskiy esa Ukraina Finlyandiya va Shvetsiyadan keyin NATOning 33-davlati bo‘lishi kerakligini aytgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina harbiy harakatlar davom etayotgan bir paytda NATOga a’zo bo‘la olmaydi, biroq uning alyansga kirishi bo‘yicha siyosiy qarorga hech qanday to‘siq yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Ukraina Zelenskiy Stoltenberg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing